1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Malta va Fransiya Falastin mustaqilligini tan olmoqchi

Qaror 20 iyun kuni e’lon qilinadi.

Malta va Fransiya Falastin mustaqilligini tan olmoqchi

Malta bosh vaziri Robert Abela Times of Malta’ga bergan bayonotida, mamlakati yaqin kunlarda Falastin davlatining mustaqilligini rasman tan olishini ma’lum qildi. Ushbu qaror 20 iyun kuni saudiyaliklar va fransiyaliklar tomonidan BMT ko‘magida o‘tkaziladigan xalqaro konferensiyada e’lon qilinadi.

 

Malta bu borada yakka harakat qilmaydi, chunki Fransiya ham iyun oyida Falastinni tan olishni rejalashtirmoqda. Prezident Emmanuel Makron bu haqda 2025-yil aprel oyida bergan intervyusida “yaqin oylarda” e’lon qilinishini aytgan.

 

Eslatib o‘tamiz, 2024-yil davomida Norvegiya, Irlandiya, Ispaniya, Sloveniya va Armaniston Falastin davlatining mustaqilligini tan olgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика