Twitter’ning yangi egasi Ilon Mask Kongressga oraliq saylovlarda Respublikachilar partiyasiga ovoz berishga chaqirdi. Bu haqda milliarder ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilgan.
“Hokimiyat bo‘linishi har ikki partiyaning eng salbiy jihatlarini tiyib turadi, Prezident mahkamasi demokratlar qo‘lida ekanini hisobga olib, men Kongressda respublikachilarga ovoz berishga chaqiraman”, — deb qayd etgan u.
AQSH Kongressiga oraliq saylovlar 8 noyabrda o‘tkaziladi. Unda Vakillar palatasi to‘liq va Senat a’zolarining uchdan biri saylanadi. So‘nggi prognozlarga ko‘ra, har ikki palata Respublikachilar qo‘liga o‘tishi taxmin qilinmoqda.


