Amerikalik biznesmen Ilon Mask yana Tesla aksiyalarining bir qismini umumiy qiymati qariyb 4 milliard dollarga sotdi. Bu haqda “The Wall Street Journal” xabar berdi. [http://korrespondent.net/business/companies/4533542-mask-prodal-aktsyy-Tesla-pochty-na-4-mlrd] Qayd etilishicha, Mask Twitter’ni sotib olganidan keyin bir hafta o‘tgach, Tesla’ning 3,95 milliard dollarlik 19,5 million dona aksiyasini sotgan. Investorlarning aytishicha, u Twitter’ni sotib olganidan keyin elektromobil biznesiga yetarlicha e’tibor bermayapti. Avvalroq Ilon Maskning boyligi Tesla aksiyalari qiymatining pasayishi tufayli 200 milliard dollardan kamaygani xabar qilingandi. U Twitter’ni sotib olishini e’lon qilganidan beri 70 milliard dollar yo‘qotgan.