1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Maskning Starlink internet tarmog'i Qozog‘istonda rasmiy ishga tushdi

Sun’iy yo‘ldosh interneti eng chekka hududlarda ham yuqori tezlikdagi ulanishni ta’minlashi aytilmoqda.

Maskning Starlink internet tarmog'i Qozog‘istonda rasmiy ishga tushdi

Starlink kompaniyasi Qozog‘iston hududida sun’iy yo‘ldosh internet xizmatlarini rasmiy ravishda ishga tushirdi. Mamlakat Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, endilikda aholiga SpaceX’ga tegishli past orbitadagi sun’iy yo‘ldoshlar tarmog‘i orqali yuqori tezlikdagi va ishonchli internetdan foydalanish imkoniyati yaratiladi.

 

Starlink texnologiyasi hatto eng olis va borish qiyin hududlarda ham barqaror ulanishni ta’minlaydi. Kompaniya rasmiy saytida e’lon qilingan tariflarga ko‘ra, uy interneti oyiga 23 ming tenge (42 dollar) dan boshlanadi, cheklovsiz tarif esa 31 ming tenge (57 dollar) turadi. Sayohatchilar uchun minimal tarif 26 ming tenge (48 dollar) bo‘lib, 50 Gb trafikni o‘z ichiga oladi, cheksiz trafik esa oyiga 52 ming tenge (96 dollar) dan boshlanadi.

 

Starlink va Qozog‘iston hukumati o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha kelishuv joriy yil iyun oyida imzolangan. Ungacha xizmat faqat uzoq hududlardagi maktablarni internetga ulash bo‘yicha sinov loyihasida qo‘llanilgan. 2024 yilda hukumat xavfsizlik sabablari bois Starlink terminallarini olib kirishni taqiqlash masalasini ham ko‘rib chiqqan, biroq keyinchalik kompaniyaning milliy qonunlarga rioya qilishi bo‘yicha kelishuvga erishildi.

 

Ma’lumot uchun, Starlink – Ilon Mask asos solgan SpaceX kompaniyasining to‘liq sho‘ba korxonasi bo‘lib, hozirda taxminan 130 mamlakat va hududda xizmat ko‘rsatadi. O‘tgan yilning 30-oktabrida Falcon 9 raketasi yordamida global internet tizimini kengaytirish uchun yana 23 ta mini-sun’iy yo‘ldosh orbitaga chiqarilgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика