1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Italiyada 4 yoshli bola mashina ichida issiqdan dimiqib vafot etdi

Bola qarovsiz bo‘lgan va mashinaga chiqib, uning ichida qolib ketgan.

Italiyada 4 yoshli bola mashina ichida issiqdan dimiqib vafot etdi

Italiyaning Sardiniya shahrida ruminiyalik 4 yoshli bola issiqdan vafot etdi. Bu haqida mahalliy nashrlar xabar bermoqda. 

 

Hodisa 6 avgust kuni Olmedo kurort qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Ota-onasi taʼtilda bo‘lgan bola uydan chiqib ketgan va issiqda turgan mashinaga chiqib, uning salonida qolib ketgan.

 

Bola avvaliga Sassari shahridagi kasalxonaga olib borilgan, so‘ngra Rimning Gemelli shifoxonasiga o‘tkazilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, bola 11-avgust kuni vafot etgan.

 

Italiya rasmiylari voqeaning barcha holatlarini aniqlash uchun tergov ishlarini boshlagan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика