1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

May oyida tovarlar va xizmatlar narxi 0,5 foizga oshdi

Isteʼmol sektoridagi narxlarning yillik o‘sish darajasi 10,4 foizga yetgan.

May oyida tovarlar va xizmatlar narxi 0,5 foizga oshdi

Prezident huzuridagi Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2023 yilning may oyida isteʼmol sektoridagi oziq-ovqat mahsulotlari, nooziq-ovqat tovarlari va aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish narxlari o‘rtacha 0,5 foizga oshgan.

 

Qayd etilishicha, isteʼmol sektoridagi narxlarning yillik o‘sish darajasi 10,4 foizga yetgan bo‘lsa, yil boshidan buyon isteʼmol sektoridagi narxlar indeksi o‘rtacha 3,8 foizga o‘sgan.

 

Isteʼmol narxlari indeksining o‘rtacha oylik o‘sish surʼati 2023-yilning yanvar-may oylarida 0,7 foizni tashkil etdi. Yillik nisbatda esa oziq-ovqat va nooziq-ovqatlar narxlarida o‘sish mos ravishda 13 foiz va 8,4 foizni tashkil etdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика