1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

Maymunchechakni aniqlaydigan ilk test tasdiqlandi

Undan birinchi navbatda epidemiya avj olgan hududlar foydalanadi.

Maymunchechakni aniqlaydigan ilk test tasdiqlandi

Mpox (maymun chechagi) virusi avgust oyi o‘rtalarida Afrika mintaqasida favqulodda holat, deb eʼlon qilingani haqida xabar berilgandi.

 

Shundan so‘ng sentyabr oyida ushbu infeksiyaga qarshi ilk vaksina JSSTning dastlabki kvalifikatsiyasidan o‘tdi.

 

Biroq kasallikka tashxis qo‘yish jarayoni uzoq vaqt talab etishi va qator hududlarda diagnostika imkoniyatlari cheklangani tufayli virusning tarqalishi tezlashib ketayotgan edi.

 

Shundan kelib chiqqan holda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti maymun chechagini tezkor aniqlaydigan birinchi ekspress-testni tasdiqladi. “Abbott Molecular Inc.” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan ushbu sinama “Alinity m MPXV” deb nomlanadi.

 

PZR-testdan, birinchi navbatda, epidemiya avj olgan hududlar hamda tezkor va aniq diagnostika vositalariga ehtiyoj keskin oshgan mamlakatlarda foydalanishga ruxsat berildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика