1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Messi va Ronaldu finalda to‘qnash keladimi?

Futbolchilar hozircha Qatar-2022da dadil odimlamoqda.

Messi va Ronaldu finalda to‘qnash keladimi?

 

Jamoalarida sardor, eng yaxshi to‘purar va termadagi o‘yinlar soni bo‘yicha rekordchi — bu ibora Messiga ham, Ronalduga ham tegishli. 21-asrning ikki eng buyuk futbolchisi bir-biriga o‘xshash rekordlarni yangilashda davom etmoqda. Boshqa tomondan maxsus poygada ishtirok etayotgandek tuyilmoqda.

 

Ronalduning o‘yinlari pasaymoqda

 

Krishtianu Ronaldu — o‘ziga xos futbolchi. Shuningdek u ijtimoiy tarmoqda eng ko‘p obunachiga ega yer yuzidagi yagona inson bo‘lib turibdi. O‘yin nuqtai nazaridan, Ronaldu butun jamoa unga moslashishi kerak bo‘lgan futbolchi.

 

Ronaldu ayni damda 37 yoshda. Hamda zamonaviy futbolning eng yorqin namoyondasi. U juda talabchan. Agar bir o‘yinda jamoasi yutqazayotgan bo‘lsa, o‘zining bor imkoniyatlarini ishga solib g‘alaba qozonishga harakat qiladi. Hujumchi raqiblarining bosimlarida o‘zini qanday tutishni juda yaxshi biladi. Va bunaqa paytlarda o‘zini hech qachon yo‘qotib qo‘ymaydi. Ronaldu tinimsiz jarima maydonchasiga yuguradi va ochilishga harakat qiladi. To‘p hatto raqibda bo‘lsa ham, unga bosim qilib, to‘pni olib qo‘yishga intiladi. Yaqinda “Manchester Yunayted”ning sobiq bosh murabbiyi Ralf Rangnik Ronaldu jamoaning eng yaxshi to‘purari bo‘lishi uchun boshqa klubni tanlashi kerakligi haqida gapirgan edi. Ammo “Manchester Yunayted”ning yangi bosh murabbiyi Erik ten Xag Ronaldu bilan kelisholmay qoldi. Bundan tashqari uni asosiy tarkibda umuman maydonga tushirmay qo‘ydi. Ronalduning bahsli intervyusi uning klubdan ketishiga sabab bo‘ldi.

 

Qanday bo‘lmasin, portugaliyalik futbolchi JCH-2022 oldidan kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi. Portugaliyaning asosiy sport gazetasi “A Bola” bir sonida Ronalduning qaydnomaga kiritilishini shubha ostiga olgandi. Nashr Krishtianuning o‘yini pasaygani va yana bir futbolchi Bruno Fernandeshning statistik maʼlumotlarini keltirgandi. Hamda Brunoning o‘zi Portugaliyani Qatarga boshlab borishi haqida yozgandi.

 

Shu bilan birga, Portugaliyada Ronalduga sig‘inish hanuzgacha saqlanib qolgan. Terma jamoada esa nima bo‘lishidan qatʼiy nazar u zahirada bo‘lsa ham o‘ynashda davom etmoqda. Albatta, kapitanlik tasmasi bilan. Ushbu turnirda hozirgacha u raqiblar darvozasiga sakkizta zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. Turnirda bitta gol urdi.

 

Guruh bosqichidagi uchta o‘yinga eʼtibor qaratsangiz, har safar u kamroq vaqt o‘tkazdi. Boshqa tomondan, Ronaldu futbol tarixida beshta jahon chempionatida gol urgan yagona futbolchiga aylandi.

 

Jamoadoshlarini ergashtiradigan futbolchi

 

Messi Ronalduga nisbatan mundialda yaxshiroq harakat qilmoqda. Ronaldudan farqli o‘laroq, u bu mavsumda ko‘p o‘ynadi, gol urdi va ko‘p golli uzatmani amalga oshirdi. “PSJ”dagi birinchi yil omadsiz bo‘lib chiqdi, ammo endi argentinalik futbolchi o‘z o‘rnini topganga o‘xshaydi.

 

Faoliyati davomida Messi Ronaldudan ko‘ra terma jamoada o‘ynagani uchun ko‘proq tanqid qilingan. 2016 yilda Lionel hattoki Amerika kubogi finalida chililiklardan mag‘lubiyatga uchragani uchun terma jamoadan ketishini ham eʼlon qilgandi (o‘yindan keyingi seriyada Messi penaltini golga aylantira olmagandi). Hujumchi argentinalik muxlislar tomonidan tez-tez tanqid qilinib, u terma jamoadan ko‘ra klub uchun ko‘proq foyda keltirayotganini taʼkidlab kelishadi. Biroq Messi terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgach, Argentinadagi vaziyat o‘zgarib ketdi.

 

Hujumchini hatto terma jamoaga qaytishini mamlakat prezidenti Maurisio Makri futbolchining o‘zidan so‘ragan. Buenos-Ayresda Messiga bag‘ishlangan haykal ochilgan, unda 50 ming kishi ishtirok etgandi. Ular futbolchini terma jamoadagi faoliyatini yakunlamaslikka chaqirishgan. Tez orada hujumchi fikrini o‘zgartirdi. 2021 yilda Messi nihoyat uzoq vaqt qo‘lga kiritilmay kelayotgan Amerika kubogida g‘alaba qozondi.  Finalda Braziliya terma jamoasi o‘z maydonida mag‘lub etildi. O‘sha uchrashuvda yagona gol Di Mariya tomonidan kiritilgandi.

 

Oradan bir yil o‘tib Argentina terma jamoasi Finalissima g‘olibiga ham aylandi. Kubok Amerika kubogi va Yevropa chempionati g‘oliblari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Messi italiyaliklar bilan o‘yinda ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Leoning bugungi termadagi maqomi shubha ostida emas. Biroq, Lionel bu jahon chempionati uning faoliyatidagi so‘nggisi bo‘lishini oldindan eʼlon qilishga qaror qildi.

 

Hozircha u yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda. Ko‘p jihatdan Messi butun jamoani o‘ziga tortadi: u allaqachon turnirda uchta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Leo bahslarning barchasida to‘liq o‘ynamoqda. Avstraliyaliklar darvozasiga urilgan goldan so‘ng muxlislar xuddi unga sig‘inayotgandek futbolchiga qo‘llarini cho‘zishdi.

 

U chorak finalda turnirdagi natijalar borasida Ronalduni quvib yetishi mumkin. Agar ikkala jamoa ham pley-off bosqichida o‘ynashda davom etsa, davrimizning ikki asosiy o‘yinchisi finalda to‘qnash keladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика