1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Iordaniya va Chexiya yetakchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi

Uchrashuvlarda strategik hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Iordaniya va Chexiya yetakchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iordaniya Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn va Chexiya Respublikasi Prezidenti Petr Pavell bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

 

Iordaniya yetakchisi bilan muloqotda joriy yil avgust oyida Toshkentda erishilgan oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, ikki mamlakatning yetakchi kompaniyalari ishtirokida ustuvor investitsiya loyihalarini jadallashtirish bo‘yicha qo‘shma choralar ko‘rishga alohida e’tibor qaratildi.

 

Chexiya prezidenti bilan uchrashuv chog‘ida esa savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, transport, qishloq xo‘jaligi, innovatsiyalar va boshqa yo‘nalishlarda aniq loyihalarni amalga oshirish muhokama qilindi. Shuningdek, idoralararo aloqalarni faollashtirishga kelishib olindi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика