1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Moskvada avtomobil portlashi oqibatida Putinga yaqin general halok bo‘ldi

Rossiya armiyasining yuqori lavozimli vakili o‘limi bo‘yicha keng ko‘lamli tergov boshlandi.

Moskvada avtomobil portlashi oqibatida Putinga yaqin general halok bo‘ldi

 

Moskva markazida sodir bo‘lgan avtomobil portlashi oqibatida Rossiya Qurolli kuchlarining yuqori martabali ofitserlaridan biri — general Fanil Sarvarov halok bo‘ldi. Hodisa 22 dekabr kuni tongda, general xizmat mashinasida harakatlanayotgan paytda yuz bergan.

 

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, portlovchi moslama general harakatlangan “KIA Sorento” avtomobiliga oldindan o‘rnatilgan bo‘lgan. Kuchli portlash oqibatida mashina jiddiy zarar ko‘rgan, Sarvarov esa og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan. Biroq shifokorlarning saʼy-harakatlariga qaramay, u hayotdan ko‘z yumgan.

 

Manbalarga ko‘ra, Fanil Sarvarov Rossiya Mudofaa vazirligi tizimida muhim lavozimda faoliyat yuritib, harbiy tayyorgarlik va operativ mashg‘ulotlar uchun masʼul bo‘lgan. U Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yaqin harbiy kadr sifatida tanilgan va armiyada taʼsirli shaxs hisoblangan.

 

Hodisa yuzasidan Moskva prokuraturasi tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi va tergov markaziy idoralar nazoratiga olindi. Rasmiylar hozircha portlash sabablari va ehtimoliy ijrochilar haqida izoh bermagan. Tergov natijalari yaqin kunlarda maʼlum qilinishi kutilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика