1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Namanganda alimentdan qarzdor erkak majburiy mehnatga jalb etildi

Maʼlum bo‘lishicha, uning qarzi 33 mln so‘mgacha yig‘ilib ketgan.

Namanganda alimentdan qarzdor erkak majburiy mehnatga jalb etildi

Namangan viloyatining Chust tumanida ikki farzandi uchun  aliment to‘lamay kelayotgan ota qonun oldida javob berdi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, sud qaroriga ko‘ra A. Mamadaliyev farzandlari moddiy taʼminoti uchun aliment to‘lashi shart edi.

 

Majburiy ijro byurosi Chust tuman bo‘limi  davlat ijrochisi tomonidan bir necha bor ogohlantirilsa-da, u masʼuliyatdan qochib, to‘lovlarni to‘xtatib qo‘ygan.

 

Qarz esa 33 mln so‘mgacha yig‘ilib ketgan. Natijada sud unga nisbatan 60 soat majburiy mehnat huquqiy jazo sifatida qo‘lladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика