1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Namanganda ikki uyning tomi yonib ketdi

Yong‘in natijasida yashash uyini shift va tom qismidan 40 kv.metr joyi hamda qo‘shnisi yashash uyining tom qismidan 20 kv.metr joyi yonib, zararlangan.

Namanganda ikki uyning tomi yonib ketdi

 

Bugun tungi 02:33 larda Namangan shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limini 101 qisqa raqamiga Namangan shahar “Nurafshon” mahalla fuqarolar yig‘ini Soy ko‘chasi 60-uyda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida maʼlumot kelib tushdi.

 

Zudlik bilan voqea joyiga Namangan shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in-qutqaruv qismi shaxsiy tarkibi yetib borgan.

 

 

Yong‘in natijasida yashash uyini shift va tom qismidan 40 kv.metr joyi hamda qo‘shnisi yashash uyining tom qismidan 20 kv.metr joyi yonib, zararlangan.  Yong‘inni yong‘in-qutqaruvchilar tomonidan soat 02-57da o‘chirildi.

 

Tezkor harakat natijasida Namangan shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in-qutqaruvchilari tomonidan 300 kv.metr joyi saqlab qolindi.

 

Sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida insonlarni kuyish tan jarohati olish hamda halok bo‘lish holatlariga yo‘l qo‘yilmagan.

 

 

Hozirda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Avvalroq Namanganda masjid qurilishi paytida qo‘shni uy darvozaxonasining tom qismi qulab tushgani hamda NamDUga qarashli talabalar yotoqxonasida yong‘in chiqqani haqida xabar berilgandi.  Shuningdek, Namanganda tabiiy ofatlar bartaraf etilgandi.

 

Bahriniso Madumarova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика