1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Namanganda qarzdor otadan 42 mln aliment undrildi

Erkak 1 nafar farzandining moddiy taʼminoti uchun aliment to‘lamay kelgan.

Namanganda qarzdor otadan 42 mln aliment undrildi

Majburiy ijro byurosi Yangi Namangan tumani bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan samarali tushuntirish ishlari natijasida uzoq vaqt davomida to‘lanmay kelingan aliment qarzi to‘liq undirildi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining hal qiluv qaroriga asosan fuqaro M.M. foydasiga 1 nafar farzandi taʼminoti uchun aliment undirish belgilangan.

 

Biroq qarzdor tomonidan aliment majburiyatlari uzoq vaqt davomida bajarilmay, jami 42 million so‘m qarzdorlik yuzaga kelgan.

 

Davlat ijrochisi tomonidan qonunchilik talablari va aliment to‘lamaslikning huquqiy oqibatlari atroflicha tushuntirib berilgandan so‘ng, qarzdor o‘z majburiyatini anglab yetib, aliment qarzdorligini to‘liq to‘lab berdi.

 

Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan voyaga yetmaganlarning manfaatlarini himoya qilish, aliment to‘lovlarini o‘z vaqtida va to‘liq undirilishini taʼminlash borasida izchil ish olib bormoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика