1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Navoiyda 10 nafar xodim ichki ishlar organlari safidan chetlashtirildi

Shuningdek, 13 nafar xodimga nisbatan xizmat tekshiruvlari tayinlandi.

Navoiyda 10 nafar xodim ichki ishlar organlari safidan chetlashtirildi

 

Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasida Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari rahbarligida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat IIBning barcha shaxsiy tarkibi ishtirok etdi. Bu haqda Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

 

Yig‘ilishda xizmat intizomi ва qonunchilikni mustahkamlash, xodimlar tomonidan turli ko‘rinishdagi salbiy holatlar sodir etilishining oldini olish, xususan korrupsion turdagi jinoyatlarga sabab bo‘luvchi omillarni o‘z vaqtida aniqlash ва bartaraf etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

 

Shuningdek, barcha rahbarlarga kundalik nazorat jarayonida qo‘l ostidagi shaxsiy tarkibga individual yondashish, xodimlarning xizmat faoliyati, ijtimoiy- oilaviy ahvoli hamda ruhiy-psixologik holatini inobatga olgan holda vazifa ва topshiriqlar berish zarurligi qatʼiy taʼkidlandi. Har bir rahbar o‘z qo‘l ostidagi xodimlar faoliyati uchun shaxsan masʼul ekani qayd etildi.

 

Yig‘ilish davomida joriy yilning 10 oyi mobaynida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan 93 ta turli salbiy holat sodir etilgani, shundan 10 nafar xodim ichki ishlar organlari safidan chetlashtirilgani maʼlum qilindi. Shuningdek, aniqlangan salbiy xatti-harakatlar yuzasidan yana 13 nafar xodimga nisbatan xizmat tekshiruvlari tayinlandi.

 

Bundan tashqari, ichki ishlar organlarini xalqchil ва professional tuzilma sifatida yana-da rivojlantirish, xodimlarning jangovar ва jismoniy tayyorgarligini, shuningdek bilim darajasini oshirishga qaratilgan qator chora-tadbirlar belgilab olindi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика