1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

Nega bahor oftobidan saqlanish kerak?

Mutaxassis bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Nega bahor oftobidan saqlanish kerak?

Bahor oftobi tanamiz uchun qanchalik yoqimli va huzurbaxsh tuyulmasin, mutaxassislar bu mavsumda quyosh tig‘i ostida uzoq qolmaslikni tavsiya etadi. Ayniqsa, allergiyaga moyil kishilar ushbu faslda yana-da ehtiyotkor bo‘lishlari lozim. Nega?

 

Mutaxassislar fikricha, bahorda quyoshning ultrabinafsha nurlanish indeksi oshishi kuzatiladi. Nurlanish qoq tush payti maksimal darajaga yaqinlashib, to 16:00 gacha yuqori faolligini saqlab turadi.

 

Xo‘sh, buning nimasi xavfli, deyishingiz mumkin. Gap shundaki, xuddi shunday sharoitda terining quyosh nuriga sezgirligi oshishi natijasida fotodermatoz kasalligi yuzaga keladi. Statistik maʼlumotlarga ko‘ra, hozir bu xastalik dunyo aholisining taxminan 20 foizida uchraydi.

 

Aslida, quyosh nurining o‘zi allergen hisoblanmaydi. Biroq ultrabinafsha nurlanish teri yoki inson tanasidagi har qanday modda bilan o‘zaro taʼsirga kirishganda, allergik reaksiya paydo bo‘lishi mumkin.

 

Oqibatda bo‘yin, qo‘l sohalari va ko‘krakning yuqori qismida pufakcha, qavariq, qizil dog‘, kuyish ko‘rinishidagi turli toshmalar yuzaga keladi. Baʼzan terining qipiqlanishi, qichishishi va shishlar ham kuzatiladi.

 

Toshmalar oftob taʼsir qila boshlagan ilk soatlardan to hafta davomigacha hosil bo‘ladi. Ko‘pincha fotodermatoz belgilari muolajalardan so‘ng yo‘qolib ketadi. Ammo bu holat insonni umr bo‘yi taʼqib qilishi ehtimoli ham mavjud.

 

Ayni sababdan bahorning oftobli kunlarida soat 11:00dan 16:00gacha quyosh nurlari ostida uzoq vaqt yurmaslik, agar zarurat tug‘ilsa, bosh kiyim kiyish yoki soyabon tutish, ko‘zoynak taqish va imkon qadar yopiq liboslar kiyishni tavsiya etamiz.

 

Sezuvchan teri uchun mo‘ljallangan quyosh nuriga qarshi kremlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Lekin baʼzi dorilar fotodermatozni keltirib chiqarishi yoki xastalikni kuchaytirishini unutmaslik kerak. Shu bois preparatni qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish zarur.

 

Atopik dermatitni davolashda qo‘llaniladigan Elidel yoki Protopik surtmalaridan foydalanayotgan bemorlarga quyoshda yurish taqiqlanadi. Yoki bu vositalarni tushdan so‘ng oqshomga qadar ishlatgan maʼqul.

 

Shuningdek, Eritromitsin, Tetratsiklin va Streptomitsin kabi dorilar ultrafinafsha nurlarini kuchli tortib olish xususiyatiga ega. Ushbu malhamlarni qabul qilgan yoki yuz sohalariga surtgan bemorlar issiq kunlarda kunduzi ko‘chaga chiqishlari mumkin emas.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика