
"Yakshanba kungi aksiyada odamlarning harakat yo‘nalishi ustida men ham ishlaganimni yashirmayman. Ammo 9-10-11 avgust kunlari koordinatsiya bo‘lmagan, chunki shu kunlarda mamlakatda internet yoqilmagan", degan u.
Shuningdek, Protasevich NEXTA Belarusdagi namoyishlarni faol yoritgani va "qarshilik nuqtasi" haqida yozganini ham tan olgan. Chunki o‘sha kunlari barchaTelegram-kanallar jurnalistlari ko‘chada bo‘lishgan.
"Shu bois buni hech qachon koordinatsi, deb bo‘lmaydi. Buni maʼlumotlarni tezkor eʼlon qilish sifatida baholash mumkin.", - dedi Protasevich.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 23 may kuni Afinadan Vilnyusga uchayotgan Ryanair samolyoti Minskda majburan qo‘ndirilgan edi. Aviakompaniya samolyotning Minskda qo‘nishiga Belarus dispecherlari layner bortida potensial xavf borligi haqida ogohlantirgani sabab bo‘ldi, deb aytdi. Keyinchalik samolyotda bomba borligi haqidagi maʼlumot tasdiqlanmadi.
Shu reys bilan uchayotgan NEXTA axborot portali asoschisi Roman Protasevich va uning dugonasi, Rossiya fuqarosi Sofya Sapega samolyot qo‘nganidan so‘ng qo‘lga olingan.
Ular keyinchalik uy qamog‘iga o‘tkazildi. Belarus tergov qo‘mitasi xabariga ko‘ra, Protasevich ularga yordam berishga rozi bo‘lgan.
Sharofat Mahmudova


