Ispaniyalik Vans Palau Fernandes Nokia modellari kolleksiyasini to‘plab, Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi.
U 3615 ta model bilan eng katta mobil telefonlar kolleksiyasini to‘plagan. Erkak gadjetlarini Barselonadagi kvartirasida saqlaydi.
Erkak 2008 yilda Nokia kolleksiyasini yig‘ishni boshlagan va 10 yildan so‘ng u ushbu markadagi 700 ta telefonga ega bo‘lgan. Fernandes uni boshqa brendlarning gadjetlari va Nokia hech qachon sotuvga chiqarmagan qurilmalar prototiplari bilan to‘ldirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalgi rekord 2023 yilda ruminiyalik Andrey Bilbi Argentis tomonidan o‘rnatilgandi. U o‘z kolleksiyasida 3456 ta telefonni yig‘gan.


