1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Nomaʼlum shaxs “Mona Liza” suratiga “hujum qildi”

U muzey ichiga nogironlar aravachasida, yasama soch taqib olgan holatda kirib kelgan.

Nomaʼlum shaxs “Mona Liza” suratiga “hujum qildi”

 

Parijning Luvr muzeyida saqlanuvchi Mona Liza suratiga nomaʼlum shaxs tomonidan tort bilan “hujum uyushtirildi”.  

 

Yigit avvaliga surat ustiga qoplangan shishani sindirmoqchi bo‘lgan, buning uddasidan chiqa olmagach, suratga tort bo‘lagini surtib tashlagan va zalga atirgul yaproqlarini sochib chiqqan. O‘q o‘tmaydigan shisha bilan qoplangan asarga hech qanday zarar yetmagan, bezori esa politsiya tomonidan qo‘lga olingan.

 

Bu Leonardo da Vinchi tomonidan chizilgan afsonaviy suratga uyushtirilgan birinchi hujum emas. 2009 yilda rossiyalik ayol “Mona Liza” suratiga bir finjon chop sepib yuborgan edi. Keyinroq esa ushbu qilmishiga Fransiya fuqaroligini ololmagani sabab bo‘lganini aytgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика