Bugun soat 10:31 da Marg‘ilon shahridagi xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida uyning 4 metr kvadrat qismida uy jihozlari yongan. Eng achinarlisi, uy egasi fuqaro A. K kuyish natijasida voqea joyida vafot etgan.
Dastlabki o‘rganish natijasiga ko‘ra, nosoz elektr kabellari belgilanmagan tartibda uyning pol qismidagi gilam to‘shamasi ustidan tortilgan bo‘lib, qo‘shni xonadonlarga xavfsizlik talablariga zid ravishda olib kirilgan. Hozirda yong‘in bitta elektr uzatgichga ortiqcha yuklama yuklatilganligi natijasida kelib chiqqanligi taxmin qilinmoqda.
Avvalroq Namanganda bir-biriga tutash 4 ta uy yonib ketgani haqida xabar berilgandi.


