1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Nukus xalqaro aeroportiga hujum qilingani maʼlum bo‘ldi

Shuningdek, shahar maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslar saqlanuvchi Reabilitatsiya markazi va IIB binosiga ham hujum uyushtirilgan.

Nukus xalqaro aeroportiga hujum qilingani maʼlum bo‘ldi

 

Bu haqda Bosh prokuratura bo‘lim prokurori Abror Mamatov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda maʼlum qilindi.

 

Taʼkidlanishicha, 2 iyul kuni soat 14:45 da Nukus tumanidan taxminan 300 nafar shaxs Nukus shahar tomon harakatlanib, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, Nukus shahridagi blok postda xizmat olib borayotgan 50 nafar Milliy Gvardiya xodimining maxsus vositalarini (ratsiya, dubinka, kaska, shovqinli granata, himoya qalqoni) qo‘lga kiritgan va Xo‘jayli tumanidagi harbiy postga nomaʼlum shaxslar tomonidan hujum uyushtirilib, qurol-yaroqlar tortib olingan.

 

Ommaviy tartibsizliklar davomida Nukus shahridagi «Las Vegas» kafesi yonida davlat raqami 40 L 340 QA bo‘lgan MAN rusumli yuk transport vositasi, «Eski shahar»dagi markaziy masjid oldida davlat raqami 01 267 UFA bo‘lgan «KAMAZ» rusumli yuk transport vositasi, Shumanay tumanidagi «Ismoilov Jabbor-bergen» fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan vagon yoqib yuborilgan.

 

Nukus shahar Sport kompleksi yonidagi “Do‘stlik” kanali ko‘prigiga, Nukus shahridagi ko‘plab bino-inshootlar va yo‘l to‘siqlariga ham ko‘plab talafotlar  yetkazilgan.

 

Ommaviy tartibsizliklar oqibatida hozirga qadar aniqlangan holatlarga ko‘ra, jami 245 nafar shaxsga, jumladan 38 nafar huquq - tartibot organlari xodimiga turli darajadagi tan jarohatlari yetkazilgan, og‘ir tan jarohatlari tufayli 18 nafar   fuqaro vafot etgan.

 

Holat yuzasidan tergov va tezkor - qidiruv tadbirlari davom ettirilmoqda. Tergov va tezkor-qidiruv tadbirlari qonunlarga qatʼiy rioya qilingan holda o‘tkazilib, qonun ustuvorligi va jazo muqarrarligini  taʼminlashning  barcha  choralari  ko‘riladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика