Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudnining qarorlariga asosan, qarzdor MCHJdan uch nafar bino qurilishida ishtirok etgan xizmatchilar foydasiga jami 38 325 000 so‘m undirish belgilangan.
Shunga qaramasdan, javobgar tomonidan ushbu sud qarori ijrosi taʼminlanmagan va ishchilarning ish haqlari to‘lab berilmagan.
Shunda, ishchilar sud qaroriga asosan chiqarilgan ijro varaqalarning ijrosini taʼminlab berishni so‘rab, Majburiy ijro byurosi Nukus shahar bo‘limiga topshirishgan va bo‘lim tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.
Xususan, bo‘lim xodimlari tomonidan javobgar tashkilot rahbariga sud qarorlari ijrosini taʼminlamaslik qo‘shimcha ijro yig‘imi va maʼmuriy jarima qo‘llashga asos bo‘lishi tushuntirilgan.
Shuningdek, bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan qarzdorning asosiy bank hisob raqami xatlovga olingan.
Natijada undirilishi lozim bo‘lgan jami 38 mln so‘mdan ortiq ish haqlari 3 nafar ishchilarga joriy yilning 16 oktyabr kuni undirib berilgan.


