1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent viloyatida pedofilning qochib ketishiga yo‘l qo‘ygan hibsxona xodimlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qochgan jinoyatchi 3-sinf o‘quvchisini zo‘rlagan, hozirda u qamoqqa olingan.

Toshkent viloyatida pedofilning qochib ketishiga yo‘l qo‘ygan hibsxona xodimlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidagi jazoni ijro etish muassasasidan qochib, 3-sinf o‘quvchisiga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan 31 yoshli mahbusning qochib ketish holati yuzasidan mas’ul xodimlarga nisbatan jinoiy ish ochildi.

 

Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish departamenti Markaziy tergov hibsxonasi inspektori va boshqa mansabdor shaxslar bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, moddiy manfaat evaziga qonunga xilof harakatlar sodir etishda ayblanmoqda (JKning 214-moddasi 3-qismi “b” bandi). Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi ma’lum qildi.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, qochgan mahbus ilgari ham bir necha marta sudlangan, shu jumladan bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun jazo o‘tagan. Biroq nazoratdagi muassasadan qanday sharoitda qochib ketgani haqida hozircha batafsil ma’lumot berilmagan.

 

Ayni paytda jabrlangan qizaloq “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi psixologlari nazoratida bo‘lib, unga zarur tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatilmoqda.

 

Mazkur voqea bo‘yicha Jinoyat kodeksining 119-moddasi 4-qismi (“zo‘rlik ishlatib, g‘ayritabiiy jinsiy aloqa qilish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi qamoqqa olingan.

 

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi oylar davomida mamlakatda voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik holatlari ortib borayotgani jamoatchilikda keskin e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda. Deputat Dilnoza Azizova bu kabi jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosini joriy etish tashabbusi bilan chiqdi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика