1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Nurmat Otabekov: AQShda aniqlangan yota shtammining O‘zbekistonga kirib kelish ehtimoli yo‘q emas

Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Nurmat Otabekov AQShda aniqlangan – yuqish va o‘lim xavfi yuqoriligi aytilgan yota shtammi respublika hududiga kirib kelgani borasidagi izohlarga javob berdi.

Nurmat Otabekov: AQShda aniqlangan yota shtammining O‘zbekistonga kirib kelish ehtimoli yo‘q emas

 

 

“Hozircha AQShning Nyu-York shtatida aniqlangan yota shtammining O‘zbekiston hududida aniqlangani haqida ma’lumotlar yo‘q. Shu bilan birga, ta’kidlash joizki, O‘zbekiston hududida qaysi virus aylanib yurganini aniqlash maqsadida etiologik omilni aniqlash nuqtayi nazaridan identifikatsiya va monitoring ishlari amalga oshirilyapti. Shu sababli bu kabi shtamm mamlakat hududida aniqlanadigan bo‘lsa, xabar beriladi”, — deydi Nurmat Otabekov.

 

Otabekovning ta’kidlashicha, dunyo hamjamiyatining faol ishtirokchi davlati sifatida mazkur shtammning O‘zbekiston hududiga kirib kelish ehtimoli yo‘q emas.

 

Unga ko‘ra, Toshkent shahri, Toshkent, Surxondaryo, Farg‘ona, Samarqand viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida epidemiologik vaziyat jilovlanmagan, kasallanish holatlari yuqoriligicha qolmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика