1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Nyu-Dehli dunyodagi eng iflos shaharga aylandi

Bunga hindlarning yorug‘lik festivali sabab bo‘lgan.

Nyu-Dehli dunyodagi eng iflos shaharga aylandi

Juma kuni hindlarning yorug‘lik festivali – Divali ishtirokchilari xavfsizlik qoidasiga umuman rioya qilmadlar. Natijada pirotexnika omborida portlash yuz berib, Nyu-Dehli dunyoning eng iflos shaharlari ro‘yxatida birinchi o‘ringa chiqdi.

 

Ushbu hodisa tufayli havo sifati xavfli darajaga ko‘tarildi.

 

Mahalliy hokimiyat idoralari so‘nggi bir necha yil davomida Oliy sud ko‘rsatmasiga muvofiq, Divali va qish paytida petardadan foydalanishni taqiqlagan. Afsuski, qamoq jazosi tahdidiga qaramay, chora natija bermayapti. Baʼzi guruhlar taqiq festivalga xalaqit beryapti, deya taʼkidlamoqda. Tabiiyki, Dehli hukumati bu qaror odamlar hayotini saqlab qolish uchun qabul qilinganini taʼkidlaydi.

 

Juma kungi tutun Hindiston shimolidagi fermalarda chiqindi yoqilishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri keldi. Har yili qish boshlanishida havo sifati shu tarzda yomonlashadi, chunki sovuq, og‘ir havo turli manbalardagi ifloslantiruvchi moddalarni ushlab turadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика