1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Bo‘stonliqda “Chimyon” xalqaro umum­mavsumiy kurorti barpo etilmoqda

Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida bunyod etilayotgan yangi turizm majmuasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Bo‘stonliqda “Chimyon” xalqaro umum­mavsumiy kurorti barpo etilmoqda

Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida barpo etilayotgan yangi turizm majmuasi imkoniyatlari bilan tanishdi.

 

So‘nggi yillarda hududda turizm infratuzilmasi jadal rivojlanib, “Amirsoy”, “Chinorkent” va “Chorvoq darvozasi” kabi yirik maskanlar foydalanishga topshirildi. Endilikda ularga Fransiyaning “MND” kompaniyasi bilan hamkorlikda bunyod etilayotgan “Chimyon” xalqaro kurorti ham qo‘shiladi. 1 278 gektar maydonni qamrab olgan ushbu loyiha doirasida 3 300 metr balandlikkacha osma dor yo‘li, mehmonxonalar va zamonaviy xizmat majmualari qurilishi rejalashtirilgan.

 

Yangi majmuada yil davomida sayyohlarga xizmat ko‘rsatish, qishda chang‘i va snoubord sporti, boshqa fasllarda esa tog‘ sayyohligi hamda hordiq uchun barcha sharoitlar yaratiladi. “Wyndham” brendi asosida boshqariladigan 320 o‘rinli mehmonxona noyabr oyida ishga tushirilishi mo‘ljallangan bo‘lib, yiliga o‘rtacha 45 ming sayyohni qabul qilish imkoniyatiga ega. Shuningdek, apart-otellar, restoran va boshqa xizmat ko‘rsatish obyektlari ham barpo etilib, qo‘shimcha minglab ish o‘rinlari yaratiladi.

 

Hududda transport infratuzilmasini yaxshilash maqsadida uzunligi 1 450 metr bo‘lgan tunnel, ikki ko‘prik va piyodalar yo‘laklari qurildi. Bu yo‘l orqali tog‘ kurortlariga transport harakati xavfsiz va qulay bo‘lishi ta’minlanadi.

 

Mazkur loyiha hududning turizm salohiyatini to‘liq ishga solish, iqtisodiy o‘sish va mahalliy aholi uchun barqaror daromad manbaini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bo‘stonliq bugun o‘zining tabiiy go‘zalligi, zamonaviy majmualari va yuqori xizmat sifati bilan mamlakatimiz turizm markazlaridan biriga aylanmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика