1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov va yana 61 kishiga hukm o‘qildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi tomonidan A. Voitov (Qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimida ishlagan) va boshqalarga (jami 62 kishi) oid jinoyat ishini birinchi instansiyada ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni tugab, sud hukmi e’lon qilindi.

Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov va yana 61 kishiga hukm o‘qildi

Bugun jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida sobiq Qishloq xo‘jaligi vaziri A. Voi‌tov va yana 61 nafar shaxsga oid jinoyat ishi bo‘yicha birinchi instansiya sud jarayoni yakunlanib, hukm e’lon qilindi.

 

Sud hukmiga ko‘ra, A. Voi‌tov Jinoyat kodeksining 167-moddasi va boshqa tegishli moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi. Yetkazilgan moddiy zarar to‘liq qoplangani bois unga 400 barobar BHM miqdorida jarima va 3 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlanib, ushbu davrda uning oylik ish haqining 30 foizi davlat daromadiga ushlab qolinishiga hamda rahbarlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarni egallash huquqidan mahrum etilishiga qaror qilindi.

 

Shuningdek, sobiq Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi direktori lavozimida ishlagan X. Karimovga 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi. Qolgan 60 nafar sudlanuvchiga qilgan jinoyatlariga muvofiq ravishda tegishli jazolar tayinlandi: ulardan 9 nafari ozodlikdan mahrum qilindi, 51 nafari esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarga hukm qilindi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика