Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida uch nafar qiz suv omboriga borib, cho‘kib ketdi. Bu haqida Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov Zamon.uz‘ga maʼlum qildi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, voqea 28 iyul kuni sodir bo‘lgan. O‘sha kuni soat 14:20 larda Ohangaron tuman IIB Navbatchilik qismiga Ohangaron suv omborining qirg‘oq qismida cho‘milayotgan qizlar suvdan qaytib chiqmasdan, bedarak yo‘qolgani haqida xabar kelib tushgan. Bular Angren shahrida yashovchi 2006 yilda tug‘ilgan D.P., 2009 yilda tug‘ilgan D.A. va Ohangaron tumanida yashovchi, 2006 yilda tug‘ilgan N.E. bo‘lgan.
D.A. qutqarib qolingan. D.P. va N.E. esa cho‘kib ketgan.
FVV Ohangaron tuman bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv ishlari davomida D.P.ning murdasi 28 iyul kuni soat 20:00 larda, N.E.ning murdasi esa 29 iyul kuni ertalab topilgan. O‘lim sabablarini aniqlash uchun sudga oid tibbiy ekspertizalar tayinlangan.
Hozirda holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


