1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

"Oldindan kelishib olaylik, menga “hurmatli” deya murojaat qilmanglar" — ZOYIR MIRZAYEV qatʼiy qarorlar qabul qildi

Bugun Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayev raisligida videoselektor tarzida ilk "hokimlik soati" o‘tkazildi.

"Oldindan kelishib olaylik, menga “hurmatli” deya murojaat qilmanglar" — ZOYIR MIRZAYEV qatʼiy qarorlar qabul qildi

 

Unda viloyatning 22 ta tuman-shaharlari sektor rahbarlari, viloyatdagi barcha boshqarma va tashkilotlar va ularning hududiy bo‘linmalari boshliqlari, mahalliy kengashlar deputatlari, viloyat faollari ishtirok etdi.

 

Yig‘ilish avvalida viloyat rahbari boshqaruv siyosatida belgilab olingan eng ustuvor vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tdi. Xususan:

 

— Fuqarolar bilan qabulni ko‘chma tartibda olib boramiz. Unda hamma sektor rahbarlari qatnashadi. Soat 14:00 da bo‘ladigan qabulga soat 8:00 da o‘sha murojaatchining sektor rahbari, tegishli tashkilot mutasaddisi uyiga borib, masalasini joyida o‘rganib chiqadi.

 

— Qanday toifadagi rahbar bo‘lishidan qatʼiy nazar, bilib olsin, faoliyatimizning asosiy mezoni "Inson qadri uchun" tamoyili asosida bo‘ladi. Buni kerak bo‘lsa, stolning ustiga yozib qo‘ying. Yana shuni ham yozib qo‘yinglarki, ishimizda "mayda-chuyda masalaning o‘zi yo‘q".

 

— Haftada bir marta, dushanba kuni bajarilgan ishlar tahlili, muhokamasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkaziladi.

 

— Fuqarolarning murojaatlarini qabul qiladigan Telegram-bot tashkil qilamiz. Kerak bo‘lsa, o‘sha fuqaro bilan telefonda o‘zim gaplashaman.

 

— Hokimiyatdan har bir chiqayotgan qog‘oz hokimiyatning yuzi. Davlat tili bo‘yicha hokimiyat hujjatlarini xato yozadigan xodim hokimiyatda ishlashi mumkin emas.

 

— Oshkoralik, shaffoflik ko‘pchilikka yoqmaydi, lekin har qanday chiqqan negativga sektor rahbari munosabat berishi shart. Ijtimoiy tarmoqqa kirishni bilmasangiz o‘rganing, rahbar zamondan orqada qolishi mumkinmas.

 

— Oldindan kelishib olaylik, menga “hurmatli” deya murojaat qilmanglar.

 

— Nimaga ayrim hokimlar bloger, jurnalistlar uchun yopiq?! Press-tur o‘tkazib, jurnalistlar yonida yurib, bajarilayotgan ishlarni ko‘rsatinglar. Yomonini ham ko‘rsataylik, yomoni ham o‘zimizniki.

 

— Daraxt ekaveramiz, lekin uning ko‘karib chiqishichi?

 

— Viloyatimiz tuman-shaharlaridagi tahririyatlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorman. Gayetalar bizga kerak. Hududiy tahririyatlardagi jurnalistlar tajribasini qadrlanglar, qo‘llab-quvvatlanglar. Bu bo‘yicha mutasaddilardan aniq takliflar kutamiz.

 

Yig‘ilish yakunida viloyat hokimi sektor rahbarlari va viloyat mutasaddilariga bir qancha topshiriqlar berib, selektorni yakunladi.

 

Maʼlumot uchun: Zoyir Mirzayev 2019-yilning oktabr oyidan Qashqadaryo viloyat hokimi lavozimida faoliyat olib borgan. U joriy yilning 18-noyabr kuni esa Toshkent viloyati hokimi etib tayinlandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика