1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Oling, oling! Hech kim ko‘rmaydi, oramizda qoladi!

Surxondaryoda haydovchi YPX xodimiga pora taklif qildi.

Oling, oling!  Hech kim ko‘rmaydi, oramizda qoladi!

 

Surxondaryo viloyatida YPX instpektoriga 200 AQSH dollari miqlorida pora taklif qilgan haydovchi tezkor guruh tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, joriy yilning 17 dekabr kuni Termiz shahri “R.Soatova” ko‘chasida xizmat olib borayotgan kichik serjant Xodjayev Zafar ushbu ko‘chada harakatlanib kelayotgan “Kobalt” avtomashinasini to‘xtatib, hujjatlarini tekshirganida, avtomashinaning orqa yon oynalari tegishli ruxsatnomasiz qoraytirilganligi aniqlagan.

 

Inspektor haydovchi D.T ga nisbatan MJTKning tegishli moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib, boshqaruvida bo‘lgan avtomashinani vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirgan. Shu payt haydovchi D.T undan avtomashinani jarima maydonidan chiqarib berishini iltimos qilib, evaziga 200 AQSH dollari miqdoridagi pul taklif qilgan.

 

Shunda kichik serjant Z. Xodjayev tegishli tartibda Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i nomiga fuqaro D.T pora taklif qilayotganligi uchun unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘rab bildirgi bilan murojaat qilgan. Bildirgiga asosan, shu kuni soat 17:50 larda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro D.T Termiz shahar IIB YHXX ma’muriy binosi yonida kichik serjant Z.Xodjayevga biriktirilgan xizmat avtomashinasining old o‘rindig‘iga o‘tirib, 1.850.000 so‘mni pora tariqasida bergan vaqtida ushlangan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Termiz shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Avvalroq Namanganda qoidabuzar YPX xodimiga pora taklif qilgani xabar qilingandi.

Javohirbek Tursunov

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика