Olmaotada qarovsiz qolgan besh nafar o‘zbekistonlik bola O‘zbekistonga olib kelindi. Bolalarning qaytishiga O‘zbekistonning Qozog‘istondagi Bosh konsulxonasi ko‘maklashgan.
Ma’lum qilinishicha, diplomatik vakolatxona xodimlari Olmaota shahar ta’lim boshqarmasi va Qiyin hayotiy vaziyatdagi bolalarni qo‘llab-quvvatlash markazi bilan hamkorlikda vataniga qaytarilayotgan voyaga yetmagan bolalar uchun barcha zarur hujjatlarni rasmiylashtirgan.
Bolalarning O‘zbekistonga qaytishi jarayonida Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xodimlari hamrohlik qilgan. Ular mamlakatga yetkazilgach, amaldagi qonunchilikka muvofiq yaqin qarindoshlariga topshirilgan.


