1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Olmaliqda bolalarni kaltaklab shug‘ullantirgan murabbiy IIBga topshirildi

Shuningdek, bolalarning ota-onalari maʼmuriy javobgarlikka tortilishi belgilangan.

Olmaliqda bolalarni kaltaklab shug‘ullantirgan murabbiy IIBga topshirildi

Ijtimoiy tarmoqda Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida joylashgan nodavlat sport klubining murabbiysi tomonidan ikki nafar bolaga nisbatan jismoniy kuch ishlatilgani aks etgan videolavha tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Holat yuzasidan viloyat Sport boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, mazkur holat tegishli mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, o‘z tasdig‘ini topgan. Shu munosabat bilan Olmaliq shahar Bolalar ishlari bo‘yicha komissiyasining tezkor yig‘ilishi o‘tkazilgan.

 

Yig‘ilish davomida holatning barcha jihatlari batafsil ko‘rib chiqilib, bir qator aniq choralar belgilangan. Jumladan, shahar ichki ishlar bo‘limiga murabbiyning noqonuniy harakatlariga nisbatan qonuniy chora ko‘rish topshirilgan.

 

Shuningdek, farzandlarini jazolashni murabbiydan iltimos qilgan bolalarning ota-onalari maʼmuriy javobgarlikka tortilishi belgilangan.

 

Komissiya yig‘ilishida murabbiy S.Mirzavaliyev qilgan harakatidan pushaymon ekanini bildirib, keng jamoatchilikdan uzr so‘rashini maʼlum qilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика