1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Sirdaryoda uch yil aliment to‘lamay yurgan ota molxonadan topildi

63 mln so‘m aliment qarzini to‘lamagan erkak qo‘lga olindi.

Sirdaryoda uch yil aliment to‘lamay yurgan ota molxonadan topildi

Sirdaryo viloyatida aliment to‘lashdan qochib, uch yil davomida qidiruvda bo‘lgan erkak aniqlanib, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olindi.

 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur fuqaro ikki nafar farzandiga sud qaroriga binoan to‘lanishi lozim bo‘lgan aliment mablag‘larini muntazam ravishda to‘lamay kelgan. Uning jami qarzdorlik summasi 63 million so‘mni tashkil etgan.

 

Izlanish natijasida qochqin otaning Navoiy viloyati, Xatirchi tumanida joylashgan bir fermadagi molxonada yashirinib yurgani aniqlangan. Uni topish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rilgan va erkak hibsga olingan.

 

Ma’muriy sud qaroriga muvofiq, u aliment qarzini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlagani uchun 15 sutkaga ma’muriy qamoq jazosiga hukm qilindi. Shu bilan birga, uning qolgan qarzdorligini undirib olish bo‘yicha huquqiy tartibda ishlar olib borilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика