Bojxona qo‘mitasi Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi xodimlari tomonidan olingan tezkor ma’lumotlar asosida “Navoiy” chegara bojxona postida fuqaro tomonidan noqonuniy yo‘l bilan zargarlik buyumlarini olib kirishga urinish fosh qilindi.
Nazorat jarayonida shubhali harakatlar sodir etgan fuqaro shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Ko‘rik davomida uning ichki jinsiy a’zolarida og‘irligi 314 gramm bo‘lgan tilla taqinchoqlar yashirilgani aniqlandi. Mazkur ashyoviy dalil sifatida olingan zargarlik buyumlarining umumiy qiymati 316 mln so‘mni tashkil etadi.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Amaldagi tartibga ko‘ra, jismoniy shaxslar bojxona chegarasi orqali bojxona to‘lovlarisiz, yo‘lovchi deklaratsiyasida ko‘rsatgan holda, umumiy og‘irligi 65 grammdan oshmagan qimmatbaho metall va toshlardan tayyorlangan zargarlik buyumlarini olib kirishi mumkin.


