1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent viloyatida voyaga yetmaganlarga noqonuniy diniy ta’lim beruvchi uchta muassasa aniqlandi

Bo‘stonliq, Toshkent va Yuqori Chirchiq tumanlarida tashkil etilgan diniy kurslarga 39 nafar bola jalb etilgan.

Toshkent viloyatida voyaga yetmaganlarga noqonuniy diniy ta’lim beruvchi uchta muassasa aniqlandi

Toshkent viloyatida uchta noqonuniy diniy ta’lim muassasasi faoliyati to‘xtatildi. Mazkur muassasalarda uch nafar shaxs voyaga yetmagan bolalarga qonunga xilof ravishda diniy ta’lim berish bilan shug‘ullangan. Jarayonda jami 39 nafar bola ishtirok etgan.

 

Aniqlanishicha, Toshkent tumanida yashovchi 33 yoshli erkak ijaraga olingan uyda 13 nafar bolaga saboq bergan, Bo‘stonliq tumanidagi 42 yoshli shaxs ijaraga olingan dachada 20 nafar bolani o‘qitgan va Yuqori Chirchiq tumanidagi 36 yoshli ayol esa 6 nafar voyaga yetmagan bolaga diniy ta’lim bergan.

 

Noqonuniy diniy faoliyatning barcha tashkilotchilariga nisbatan, shuningdek, farzand tarbiyasiga yetarlicha e’tibor bermagan ota-onalarga qonuniy choralar ko‘rildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика