1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbek hamshiralari uchun Italiyada ish taklif qilinmoqda

Milan shahridagi klinikalarda ishlash istagidagi o‘zbek hamshiralari uchun amaliyotdan so‘ng 1800–2200 yevro maoshli ish shartnomasi tuziladi.

O‘zbek hamshiralari uchun Italiyada ish taklif qilinmoqda

Italiya hukumati bilan erishilgan kelishuv asosida O‘zbekistonlik malakali hamshiralarga Milan shahridagi klinikalarda ishlash imkoniyati taqdim etilmoqda.

 

Nomzodlarga 3 oylik amaliyotdan so‘ng to‘liq ish shartnomasi taklif qilinadi. Oylik maosh 1200 dan 1500 yevrogacha bo‘lib, amaliyot davrida bepul turar joy, tushlik va italyan tili kurslari tashkil etiladi. Ish jadvali yengil va qulay sharoitlar bilan ta’minlanadi.

 

Amaliyot tugagach, hamshiralar 1800—2200 yevro maoshli shartnoma bo‘yicha ishlash yoki O‘zbekistondagi avvalgi ish joyiga qaytish imkoniga ega bo‘ladilar.

 

Nomzodlardan quyidagilar talab qilinadi:

 

Oliy ma’lumot (hamshiralik bo‘yicha)

 

Kamida 3 yillik ish tajribasi

 

20 dan 45 yoshgacha bo‘lish

 

Sog‘lom bo‘lish va cheklovlarsiz chet elga chiqish imkoni

 

Kerakli hujjatlar:

 

Pasport nusxasi

 

Diplom

 

Ingliz tilida tuzilgan ma’lumotnoma

 

So‘nggi 3 oyda olingan rangli fotosurat (3,5×4,5 sm)

 

Arizalar 2025-yil 15-avgustga qadar qabul qilinadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика