O‘zbekiston Qurolli kuchlari dunyo armiyalari reytingida 145 mamlakat ichida 58-o‘rinni egalladi. Bu haqida qurolli kuchlarning moliyaviy ta’minotidan tortib, logistika va geografik xususiyatlarigacha bo‘lgan 60 dan ortiq mezonlarni o‘rganadigan “Global Firepower“ veb-sayti xabar berdi. Qayd etish joiz, O‘zbekiston bu natija bilan o‘tgan yilgi ko‘rsatgichdan 7 pog‘ona yuqoriladi.
Reytingdagi kuchli o‘nlikka quyidagi davlatlar kirdi:
- AQSH
- Rossiya
- Xitoy
- Hindiston
- Janubiy Koreya
- Buyuk Britaniya
- Fransiya
- Yaponiya
- Turkiya
- Italiya
Markaziy Osiyo mamlakatlari orasidan esa Qozog‘iston 57- (o‘tgan yili 58), O‘zbekiston 58-(65), Turkmaniston 77-(83), Qirg‘iziston 105-(100), Tojikiston 108-(107) o‘rinni egalladi.


