Osaka shahrida tashkil etilgan Expo butunjahon ko‘rgazmasida O‘zbekiston paviloni o‘z yo‘nalishi bo‘yicha oliy mukofotga — “Mavzuning eng yaxshi ochib berilishi” nominatsiyasida oltin medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqida Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, “Bilimlar bog‘i: kelajakdagi jamiyat uchun laboratoriya” konsepsiyasida anʼanalar va innovatsiyalar uyg‘unligi o‘z aksini topgan.
“G‘oyamiz jahon hamjamiyatida keng ko‘lamli aks-sado berdi. Barchani ruhlantirgan professionallik va ushbu loyihaga bo‘lgan ishonch uchun butun jamoaga, shuningdek, xalqaro hamkorlarimizga samimiy minnatdorlik bildiraman”, deb yozdi Mirziyoyeva.


