1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Zangiotada Nexia-3 pastlikka tushib ketdi

Hodisa oqibatida haydovchi tan jarohati olgan.

Zangiotada Nexia-3 pastlikka tushib ketdi

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida Nexia-3 YTHga uchrab, pastlikka tushib ketdi. Bu haqida viloyat IIBB YHXB xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, hodisa 13 oktyabr kuni soat 03:30 larda Toshkent viloyati Zangiota tumani hududidan o‘tgan mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘lda yuz bergan. 2005-yilda tug‘ilgan haydovchi Nexia-3 rusumli avtomobilni boshqarib ketayotgan vaqtida rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tomonidagi pastlikka tushib ketgan.

 

Natijada haydovchi yengil tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilgan. Hozirda holat yuzasidan Zangiota tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика