Soliqlar taʼlim, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, huquq-tartibotni saqlash, mudofaa salohiyatini taʼminlash, infratuzilmani yaratish va rivojlantirishni moliyalashtirish manbai bo‘lib xizmat qiladi. Soliq va majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlikning ortib borishi davlat byudjeti moliyaviy faoliyatiga salbiy taʼsir ko‘rsatadi.
Byuroning G‘allaorol tuman bo‘limi tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning soliq qarzdorligini undirish ishlari umumiy yurisdiksiya sudlari hamda soliq organlari qarorlariga asosan amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Byuroning Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda tuman hududida mazkur toifadagi 400 dan ortiq ijro hujjatlari bo‘yicha 1 mlrd so‘mdan ziyod qarzdorlik undirilgan, shuningdek, 92 turdagi 500 mln so‘mlik mol-mulk qarzdorlik evaziga xatlangan.


