1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Metan “zapravkalar” odatdagi tartibda ishlamoqda — “Hududgazta’minot”

“Hududgazta’minot” ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan metan cheklovlari haqidagi xabarlarni rad etdi.

Metan “zapravkalar” odatdagi tartibda ishlamoqda — “Hududgazta’minot”

O‘zbekistonda metan yoqilg‘i quyish shoxobchalariga cheklov joriy etilgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu haqda “Hududgazta’minot” AJ matbuot xizmati rasmiy bayonot berdi.

 

Kompaniya ma’lum qilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “metan zapravkalar faoliyati cheklanmoqda” degan ma’lumotlar asossiz. Ayni paytda gaz ta’minoti tizimi barqaror ishlamoqda, barcha yoqilg‘i quyish shoxobchalari odatdagi rejimda aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.

 

Ta’kidlanishicha, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida ayrim gaz taqsimlash stansiyalarida rejalashtirilgan profilaktika va ta’mirlash ishlari olib borilgan. Shu sababli ayrim hududlarda bosimning qisqa muddatga pasayishi kuzatilgan bo‘lishi mumkin.

 

“Vaqtinchalik noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz. Bugungi kunda mamlakat bo‘ylab barcha metan yoqilg‘i quyish shoxobchalari normal holatda ishlamoqda”, — deyiladi kompaniya bayonotida.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика