1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Oliy Majlis deputati Xitoy elchisiga javob qaytardi

“Yuksalish” umummilliy harakati raisi, Oliy Majlis deputati Bobur Bekmurodov sal avvalroq xalqaro nizoni keltirib chiqargan Xitoy elchisining chiqishiga munosabat bildirdi.

Oliy Majlis deputati Xitoy elchisiga javob qaytardi

 

Avvalroq, Xitoyning Fransiyadagi elchisi Lu Shay 23 aprel kuni bo‘lib o‘tgan telemuloqot chog‘ida “postsovet davlatlarining suverenitetini “kuchli huquqiy asosga ega emas” deb aytgandi.

 

Tashqi ishlar vazirligining 3 kunlik sukutidan so‘ng ushbu gaplarga Oliy Majlis deputati munosabat bildirdi.

 

«O‘zbekiston mustaqilligi daxlsizdir. Postsovet hududidagi mamlakatlarning mustaqilligi borasidagi har qanday shubhalar va ziddiyatli fikrlarning O‘zbekistonga hech qanday aloqasi yo‘q», — deya o‘z sahifasida yozdi “Yuksalish” umummilliy harakati raisi, Oliy Majlis deputati Bobur Bekmurodov.

 

Maʼlumot o‘rnida: Xitoy tashqi ishlar vazirligi elchisining so‘zlaridan so‘ng: «Xitoy barcha mamlakatlarning suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini hurmat qiladi hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti nizomining maqsad va tamoyillarini qo‘llab-quvvatlaydi», deya bayonot bilan chiqqandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика