2025-yil sentabr oyida Qozog‘istondan amalga oshirilgan xalqaro pul o‘tkazmalari hajmi 71,6 milliard tengega yetdi. Bitimlar soni avgust oyiga nisbatan 1,6 foizga oshgan. Pul o‘tkazmalari bo‘yicha eng ko‘p mablag‘ O‘zbekiston yo‘nalishiga yo‘naltirildi – 25 milliard tenge yoki barcha operatsiyalarning 34,9 foizi deb xabar beradi Inbusiness.kz. Ikkinchi o‘rinda Rossiya (20,3 milliard tenge, 28,4 foiz), uchinchi o‘rinda esa Turkiya (11,3 milliard tenge, 15,8 foiz) turadi.
Ekspertlar bu o‘sish O‘zbekiston va Rossiyaga ishlashga ketayotgan fuqarolar sonining ko‘payishi, mehnat va oilaviy aloqalarning faol davom etishi bilan bog‘liq deya izoh bermoqda.
Shuningdek, Qozog‘istonga eng ko‘p pul o‘tkazgan uch mamlakat: Rossiya (4,7 milliard tenge), AQSh (3 milliard tenge) va O‘zbekiston (2,6 milliard tenge) bo‘ldi.


