1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

O‘zbekiston, Turkmaniston va Ozarbayjon prezidentlari qo‘shma bayonot imzoladi

Kelishuvlar uch davlat o‘rtasidagi iqtisodiy va transport aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan.

O‘zbekiston, Turkmaniston va Ozarbayjon prezidentlari qo‘shma bayonot imzoladi

Turkmanistonda bo'lib o‘tgan uchrashuv muzokaralari yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Turkman xalqining milliy yetakchisi, Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev qo‘shma bayonot qabul qildi.

 

Davlat rahbarlari huzurida transport va logistika, kemasozlik va fuqaro aviatsiyasi sohalarida hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan memorandumlar imzolandi. Shuningdek, tovar-xomashyo birjalari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim va boshqa qator hujjatlar tasdiqlandi.

 

Mazkur kelishuvlar uch davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va sanoat sohalaridagi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика