1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi

Prezidentni Turkmeniston hukumati a’zolari kuzatib qo‘ydi.

Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga amaliy tashrifi doirasidagi tadbirlar o‘z nihoyasiga yetdi.

 

Kaspiy bo‘yidagi “Avaza” turizm majmuasida Prezident Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

Shuningdek, O‘zbekiston, Turkmaniston va Ozarbayjon davlat rahbarlari uch tomonlama muzokara o‘tkazib, qo‘shma bayonot qabul qildilar va bir qator hujjatlar imzolandi. OAV bilan muloqotda uchrashuv natijalari yuqori baholandi.

 

Tashrif dasturidan o‘rin olgan madaniy tadbir doirasida Shavkat Mirziyoyev, Gurbanguli Berdimuhamedov va Ilhom Aliyev “Galkinsh” milliy ot sporti guruhining chiqishlarini tomosha qildilar.

 

Safar yakunida Turkmanboshi shahrida O‘zbekiston Prezidentini Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari Nokerquli Ataguliyev va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

Davlatimiz rahbari Toshkentga qaytib ketdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика