1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari telefon orqali muloqot o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, ikki tomonlama hamkorlikni muhokama qildi.

O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari telefon orqali muloqot o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-oktabr kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi. Suhbat davomida davlat rahbari Emomali Rahmonni tug‘ilgan kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat hamda Tojikiston xalqiga farovonlik va izchil taraqqiyot tiladi.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonning mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, barqaror rivojlanishini ta’minlash va xalqaro maydondagi nufuzini oshirishga qo‘shgan ulkan hissasini alohida qayd etdi.

 

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, shuningdek, yuqori darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

 

Tomonlar savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport, energetika, qishloq xo‘jaligi, turizm hamda madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan amaliy hamkorlikni kengaytirish zarurligini ta’kidladilar.

 

Shuningdek, mamlakatlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejalari ham ko‘rib chiqildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика