1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Oʻzbekistonda 4 ballik zilzila qayd etildi

Yer silkinishi Namangan viloyatining Pop tumanida sezilarli darajada kuzatildi.

Oʻzbekistonda 4 ballik zilzila qayd etildi

Bugun, 2025-yil 6-dekabr, soat 19:18:21 da Oʻzbekistonda kuchi 4 ball bo‘lgan yer silkinishi sodir bo‘ldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ko‘ra, zilzilaning episentri Namangan viloyati Pop tumani hududida joylashgan bo‘lib, silkinish magnitudasi 3,4, chuqurligi esa 11 km ni tashkil etgan.

 

Episentrdagi 4 ballik silkinish respublikaning ayrim tumanlarida ham sezilgan:

 

  • Pop tumani — 2–3 ball, masofa 15 km;

 

  • Dang‘ara tumani — 2 ball, masofa 27 km.

 

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, zilzila Toshkentdan 133 km janubiy-sharqda qayd etilgan.

 

Hozircha zilzila oqibatida zarar yoki jabrlanishlar haqida ma’lumot berilmagan. Mutasaddi xizmatlar vaziyatni monitoring qilishda davom etmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика