1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda harorat pasayib, yana qor yog‘ishi kutilmoqda

“O‘zgidromet” bu bo‘yicha ogohlantirish bilan chiqdi.

O‘zbekistonda harorat pasayib, yana qor yog‘ishi kutilmoqda

Ertaga, 28 yanvarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining ayrim hududlarida biroz qor yog‘adi, Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlarida kechasi biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.

 

29-31 yanvarda sovuq havo massalari O‘zbekistonning shimoliy hududlaridan butun respublika hududiga tarqala boshlaydi, havo harorati kechasi Respublikaning markaziy va janubi-sharqiy viloyatlarida 29-31 yanvarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘lib, asosan qor shaklida yog‘adi. Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.

 

Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi mavjud.

 

Toshkentda bugun va ertaga yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Havo harorat bugun 9-11 daraja iliq, ertaga kechasi 0-2 daraja iliq, kunduzi 6-8 daraja bo‘ladi. 29-31 yanvarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Havo harorat kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 0-2 daraja iliq bo‘ladi.

 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика