1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda mualliflik huquqini buzganlarga jinoiy javobgarlik kuchaytirildi

Yangi qonun bo‘yicha mualliflik va turdosh huquqlarni buzganlarga jarima va musodara choralari qo‘llaniladi.

O‘zbekistonda mualliflik huquqini buzganlarga jinoiy javobgarlik kuchaytirildi

O‘zbekistonda intellektual mulk huquqlarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlikni kuchaytiruvchi qonun qabul qilindi. Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan ushbu hujjat uch oydan so‘ng kuchga kiradi.

 

Yangi tartibga muvofiq, tovar belgilari, ixtirolar, dasturiy ta’minot, sanoat namunalari va boshqa intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan mulkiy hamda shaxsiy nomulkiy huquqlarni buzgan shaxslar Jinoyat kodeksiga asosan javobgarlikka tortiladi.

 

Shuningdek, ma’muriy jarimalar miqdori oshirildi, huquqbuzarlik sodir etishda foydalanilgan ashyolarni musodara qilish chorasi belgilandi. Adliya organlariga kontrafakt mahsulotlarni tekshirish va musodara qilish huquqi berilib, ular qoidabuzar hisobidan yo‘q qilinadi.

 

Mazkur islohotning maqsadi — intellektual mulk sohasida huquqiy himoyani kuchaytirish, kontrafakt mahsulotlar aylanmasini kamaytirish, xorijiy investitsiyalar oqimini oshirish va O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonini jadallashtirishdir.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика