1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Rasul Kusherbayevning farzandiga aliment to‘lashdan bosh tortgani aytilmoqda

Hozircha sobiq deputat, ayni paytda Ekologiya vaziri maslahatchisi Kusherbayev holatga munosabat bildirmadi.

Rasul Kusherbayevning farzandiga aliment to‘lashdan bosh tortgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda sobiq deputat, hozirda Ekologiya vaziri maslahatchisi Rasul Kusherbayevga oid yangi ma’lumotlar tarqaldi. Xabarlarga ko‘ra, uning shar’iy nikohdagi rafiqasi sud orqali farzandi uchun aliment undirishni so‘ragan. Sud bolaga to‘lanishi lozim bo‘lgan aliment miqdorini belgilagan bo‘lsa-da, Kusherbayev ushbu majburiyatni bajarishdan bosh tortib, qarorga e’tiroz bildirgan.

 

Ayolning ta’kidlashicha, aliment masalasidagi betayinlik sabab oila ichida ko‘plab kelishmovchiliklar yuzaga kelgan. U, shuningdek, turmush o‘rtog‘ining boshqa ayol bilan munosabatlari haqida ham da’vo qilgan. Murojaat matnida bolani boqish xarajatlari, xususan, oziq-ovqat va gigiyena vositalariga mablag‘ yetishmasligi, sog‘lig‘idagi muammolar sabab o‘zi ishlash imkoniyatining cheklanganligi qayd etilgan.

 

Onaning aytishicha, aliment to‘lanishi uning farzandiga qarash uchun enaga yollab, o‘zi ishga chiqishiga imkon berar edi. Shuningdek, mahalla, hokimlik va Majburiy ijro byurosiga qilgan murojaatlari ham ijobiy natija bermagan.

 

Rasul Kusherbayev esa hozircha ushbu masalaga rasmiy izoh bermagan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика