Avvalroq “Uch-qahramon” bozorida yuz bergan yong‘in haqida xabar bergan edik. Ayni paytda Toshkent IIBB ma’lum qilishicha, 11-avgust kuni soat taxminan 02:20 da Toshkent tumani “Sabzavot” MFY hududida joylashgan “Uch-qahramon ixtisoslashgan savdo majmuasi” MCHJda yong‘in sodir bo‘lgan.
Majmuaning 20 ming kvadrat metr savdo maydonidan 12 ming kvadrat metri tezkor choralar bilan yong‘indan saqlab qolingan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yoki halok bo‘lganlar qayd etilmagan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda yong‘in sabablari bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda.


